OJS plagini — foydalanish qo‘llanmasi

Bu qo‘llanma Open Journal Systems (OJS) da Sertifikat QR plaginini o‘rnatish, sozlash va mualliflarga avtomatik sertifikat berish tartibini bosqichma-bosqich tushuntiradi.

Plaginni yuklab olish (.zip) Maqolalar / API kalit
Mundarija 1. Plagin nima qiladi? 2. Talablar 3. Sertifikat QR da tayyorgarlik 4. OJS ga o‘rnatish 5. Sozlash (Settings) 6. Kundalik ish tartibi 7. Natijani tekshirish 8. Xatoliklar va yechimlar

1Plagin nima qiladi?

OJS da maqola Publish (nashr) qilinganda plagin avtomatik ravishda Sertifikat QR serveriga so‘rov yuboradi va har bir muallifga alohida sertifikat yaratadi.

2Talablar

3Sertifikat QR da tayyorgarlik

3.1 Jurnal loyihasi yarating

  1. Maqolalar / Jurnal sahifasiga kiring
  2. + Yangi loyiha → jurnal nomini yozing → Yaratish
  3. Loyiha kartasidagi slug qiymatini nusxa oling (masalan: journal-of-science)

3.2 API kalit oling

  1. Xuddi shu sahifada Yangi API kalit tugmasini bosing
  2. Ko‘rsatilgan sk_… kalitni xavfsiz joyga saqlang (faqat bir marta ko‘rsatiladi)
Eslatma: API kalit maxfiy. Uni OJS sozlamalariga yozasiz — ochiq chatga / emailga yubormang.

4OJS ga o‘rnatish

  1. ojs-sertifikat-qr-plugin.zip ni yuklab oling
  2. OJS admin paneliga kiring
  3. Menyu: Settings → Website → Plugins (ba’zi tillarda: Sozlamalar → Veb-sayt → Plaginlar)
  4. Upload a New Plugin / Yangi plagin yuklash → zip faylni tanlang → yuklang
  5. Ro‘yxatdan Sertifikat QR ni toping va Enable (Yoqish) qiling

Qo‘lda o‘rnatish (upload ishlamasa)

  1. Zip ni oching — ichida sertifikatQr/ papka bo‘ladi
  2. Uni serverdagi plugins/generic/sertifikatQr/ yo‘liga ko‘chiring
  3. OJS da Plugins sahifasini yangilang va plaginni yoqing

5Sozlash (Settings)

  1. Plugins ro‘yxatida Sertifikat QR yonidagi Settings ni oching
  2. Quyidagi maydonlarni to‘ldiring:
Maydon Nima yoziladi
API base URL Masalan: https://sertifikat-qr.uz yoki lokal: http://127.0.0.1:8000
API key sk_… kalit
Project slug 3-bosqichdagi loyiha slug
Auto-issue on publish Belgilangan bo‘lsin (nashrda avtomatik chiqarish)
  1. Save / Saqlash tugmasini bosing

6Kundalik ish tartibi

  1. OJS da maqolani oddiy tartibda tahrirlang (mualliflar to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsin)
  2. Maqolani Publish qiling
  3. Plagin fon rejimida chaqiradi: POST /api/v1/articles/issue
  4. Har bir muallif uchun alohida sertifikat yaratiladi
Mualliflar OJS submission / publication dagi author ro‘yxatidan olinadi. Ism bo‘sh bo‘lmasligi muhim.

7Natijani tekshirish

  1. Sertifikat QR → Maqolalar → loyiha → Chiqarilganlar
  2. U yerda muallif, maqola nomi, sertifikat ID ko‘rinadi
  3. Sertifikat sahifasidan PDF/PNG yuklab olish yoki QR orqali tekshirish mumkin

8Xatoliklar va yechimlar

Sertifikat chiqmadi

OJS log

Server error_log da quyidagi qatorlarni qidiring:

[SertifikatQr] Issue OK: ...
[SertifikatQr] Issue failed: ...
[SertifikatQr] Sozlamalar to‘liq emas ...

Qisqa eslatma (cheklist)

  1. ☐ Sertifikat QR da loyiha + slug
  2. ☐ API kalit (sk_…)
  3. ☐ OJS ga zip yuklash va Enable
  4. ☐ Settings: URL + key + slug + auto-issue
  5. ☐ Test maqolani Publish qilish
  6. ☐ Maqolalar → Chiqarilganlar da tekshirish
Plaginni yuklab olish Maqolalar sahifasiga qaytish